O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlari Yuta shtatining Iso Masih Oxirgi zamon avliyolari cherkovi oqsoqoli Devid Bednar va “Stirling” xalqaro xayriya fondi raisi Mayls Xansendan iborat ishbilarmonlar delegatsiyasini qabul qildi. Uchrashuvda AQSHning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Xenik ham ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-noyabr kuni multimodal tashuvlar bo‘yicha xalqaro forumda ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi raisi Binali Yildirimni qabul qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-noyabr kuni BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (UNESCO) bosh direktori lavozimiga saylangan Holid al-Ananiyni qabul qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevga inflyatsiyani jilovlash va makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda 2026-yilga mo‘ljallangan vazifalar to‘g‘risida axborot berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-noyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 11-noyabr kuni Yangi Toshkentda yirik sport inshooti – zamonaviy futbol stadioni qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimida ishtirok etdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.