Prezident Shavkat Mirziyoyev intensiv baliqchilik loyihalarini jadallashtirish va energotejamkor limonchilik issiqxonalarini tashkil etish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-oktabr kuni Amerika-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining ikkinchi yig‘ilishi ochilishida ishtirok etdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qoʻshma Shtatlari Davlat kotibi Marko Rubio va AQSh Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Serjio Gorga davlat mukofotlarini topshirdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-oktabr kuni “C5+1” formatidagi vazirlar uchrashuvi hamda Amerika – Oʻzbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining ikkinchi yigʻilishida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan AQSh Davlat kotibi Marko Rubioni qabul qildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Wabtec” kompaniyasi direktorlar kengashi raisi va bosh ijrochi direktori Rafael Santanani qabul qildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-oktabr kuni Samarqand shahrida “Franklin Templeton” kompaniyasi prezidenti va bosh ijrochi direktori Jenni Jonsonni qabul qildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “C5+1” formatidagi tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Tojikiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddinni qabul qildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “C5+1” formatidagi tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida ishtirok etish uchun Samarqand shahriga kelgan Qirgʻiz Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayevni qabul qildi.