Prezident Shavkat Mirziyoyev sogʻliqni saqlash tizimini yanada rivojlantirish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish va xususiy sektor ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-aprel kuni tabiatni muhofaza qilish, ekologik barqarorlikni taʼminlash, chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni rivojlantirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Oʻzbekiston – Chexiya oliy darajadagi muzokaralarining yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Chexiya Respublikasi Bosh vaziri Andrey Babish Faxriy mehmonlar xiyobonida birgalikda daraxt ekdilar.
Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Chexiya Respublikasi Bosh vaziri Andrey Babish Kengaytirilgan hamkorlikni ilgari surish toʻgʻrisida qoʻshma deklaratsiyani imzoladilar.
Koʻksaroy qarorgohida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Chexiya Respublikasi Bosh vaziri Andrey Babishning tor doirada va ikki mamlakat delegatsiyalari ishtirokida muzokaralari boʻlib oʻtdi.
30-aprel kuni Ko‘ksaroy qarorgohida mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Chexiya Respublikasi Bosh vaziri Andrey Babishni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ўзбекистон ҳудудларида тадбиркорлик фаолиятининг асосий кўрсаткичлари бўйича ўтказилган комплекс мониторинг барча муҳим мезонлар кесимида ўсиш кузатилганини кўрсатмоқда.
O'zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqaviy tadqiqotlar instituti (SMITI) direktorining birinchi o'rinbosari Akramjon Ne'matov 24-aprel kuni "Dunyo" axborot agentligi uchun davlat rahbari raisligida bo'lib o'tgan yig'ilish natijalarini tahlil qilib, mamlakatning 2026-yil birinchi choragidagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish natijalari mamlakat nafaqat global turbulentlikka moslashganini, balki tashqi zarbalarga qarshi mustahkam ichki immunitetni ham shakllantirganini tasdiqlaganini ta'kidladi.