Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, 2022 yilning 10 iyunidan boshlab O‘zbekistonga turizm maqsadida keladigan xorijiy mamlakatlar fuqarolari uchun aviaqatnovlar, chegaradosh temir yo‘l stansiyalari va avtomobil o‘tkazish chegara punktlari orqali harakatlanishida koronavirus infeksiyasi bois o‘rnatilgan vaqtinchalik cheklovlar bekor qilinadi.
O'zbekiston va Tojikiston prezidentlari tomonidan 2-iyun kuni imzolangan abadiy do'stlik va ittifoqchilikni mustahkamlash to'g'risidagi deklaratsiya ikki tomonlama hamkorlikni ittifoqchilik darajasiga olib chiqish istagini aks ettiradi, bu O'zbekiston-Tojikiston strategik sherikligi salohiyatini to'liq ochib beradi, dedi Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori Anvar Nasirov "dunyo" AA uchun ikki mamlakat rahbarlari sammiti yakunlariga izoh berib.
Xorijiy davlatlardan O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyuruvchilar tegishli tartibda emlanganlik sertifikati yoki pasportiga ega bo‘lgan (elektron QR code) taqdirda, ulardan PSR test natijasi hamda koronavirus infeksiyasiga ekspress-antigen test topshirishi talab etilmaydi.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг таклифига биноан Тожикистон Республикаси Президенти Эмомали Раҳмон 2 июнь куни расмий ташриф билан мамлакатимизга келди.
140 dan ortiq millat va elatni ifodalovchi 35 milliondan ortiq kishi istiqomat qiluvchi O'zbekiston Respublikasida har bir Konstitutsiyaga muvofiq teng huquq va majburiyatlarga ega. Shuni e'tirof etish kerakki, mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar orasida muhim o'rin tutadi.
Toshkentda bo'lib o'tgan "Abu Ali Ibn Sino va zamonaviy farmasevtikada innovatsiyalar" mavzusidagi V xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada buyuk ajdodimiz merosi katta ahamiyat kasb etayotgani haqida so'z yuritildi.
Охирги йилларда юртимизда Президент Шавкат Мирзиёев раҳбарлигида Янги Ўзбекистонни бунёд этиш, халқимизнинг фаровонлигини таъминлашга йўналтирилган “Янги Ўзбекистон — халқчил ва инсонпарвар давлат” ғояси асосида тизимли ислоҳотлар олиб борилмоқда. Муҳими, бу саъй-ҳаракатлар ўзининг кутилган натижаларини бераётир.